Rossiyalik terapevt şifokor Filipp Kuzmenkoning ta'kidlaşiça, organizmda suv-tuz balansini me'yorida uşlaş lozim. Köproq suv içiş, şör taomlar, misol uçun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste'molidan qoçiş lozim. Spirtli içimliklar iste'mol qilmaslik lozim, çunki u organizmning suvsizlanişiga olib keladi.

Şifokorning ta'kidlaşiça, şör taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga çalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz töqimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlaşişi yuz beradi. Bu esa koronavirusga çalinganlarga salbiy ta'sir körsatadi”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.

Avvalroq ham şifokorlar koronavirusga çalinganlikda spirtli içimliklar xavfli bölişidan ogohlantirişgan. Koronavirusda spirtli içimliklar qonning quyuqlaşişiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya'ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolişi hisoblanadi. Şu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta'sir körsatadi. 

Bundan taşqari, alkogol koronavirusni davolaşda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi.