Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyada favqulodda vaziyat e'lon qilindi
O‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan fuqarolarga 2 ming, yuridik shaxslarga esa 3 ming yevrogacha jarima solinadi.
Latviya hukumati koronavirus epidemiyasini jilovlash maqsadida 9 noyabrdan 6 dekabrga qadar favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” nashri xabar berdi.
Bu davr mobaynida binolar ichida har qanday tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Shaxsiy tadbirlarda 10 kishidan va ikkita oiladan ortiq odam to‘planishi mumkin emas.
Mamlakatdagi barcha barlar, tungi klublar, konki maydonlari, akvaparklar, savdo markazlaridagi bolalar xonalari yopiladi.
Savdo markazlarida oziq-ovqat, gigiyena, xo‘jalik va zoomahsulotlar, kitoblar sotadigan do‘konlar hamda dorixona va optikalardan boshqa barcha do‘konlar faoliyati to‘xtatiladi.
Go‘zallik salonlari yopilmoqda, sartaroshxonalar mijozlarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazish asosida ishlaydi.
Bolalar bog‘chalari yopilmaydi. Maktablarning 1-6-sinf o‘quvchilari maktabda o‘qishni davom ettiradi, yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar masofadan ta'lim olishga o‘tadi.
Ko‘rgazma markazlari, madaniyat muassasalari, sport zallari va diniy muassasalar soat 20-00dan 06-00gacha ishlamaydi. Muzey va ko‘rgazmalarda tadbirlar o‘tkazish va guruhlar uchun ekskursiyalar o‘tkazish taqiqlanadi.
O‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan fuqarolarga 2 ming, yuridik shaxslarga esa 3 ming yevrogacha jarima solinadi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
08:58 / 29.05.2026
Latviyada yangi hukumat ish boshladi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
08:48 / 11.05.2026