O‘zbekiston | 11:00 / 07.11.2020
3503
2 daqiqa o‘qiladi

«Qishloq qurilish bank» Xonqa filiali yangi binoda ish boshladi

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta'minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda. Respublika hududlarida bank infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.

Kuni kecha bankning Xonqa filiali yangi ma'muriy binoda ish boshladi. Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov, Xonqa tumani hokimi Omonboy Jumanazarov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston bank tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini, «Bank – mijoz uchun» tamoyili kundalik hayotimizda yorqin aksini topayotganini, buning isbotini Xonqa filialining yangi binosida yaratilgan qulayliklar misolida ham ko‘rish mumkinligini ta'kidladilar.

«Qishloq qurilish bank» Xonqa filiali binosida mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xususan, innovatsion bank texnologiyalari, bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan. Elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha kechayu kunduz uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

ATB «Qishloq qurilish bank» kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: 78 150-93-39, 78 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid