Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden prezidentlik lavozimida duch keladigan eng katta muammo ma'lum qilindi
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar AQShda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishidan ogohlantirishmoqda.
Jozef Bayden 2021 yil yanvarida AQSh prezidentligiga kirishganidan so‘ng mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli paydo bo‘ladigan inqirozga duch keladi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar AQShda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishidan ogohlantirishmoqda.
“Jozef Bayden hamda butun mamlakat yaqin haftalar va oylar ichida ulkan xatarga duch keladi. Bizda yaqinda bayramlar boshlanadi, odamlar to‘planishadi. Virus mamlakatning aksariyat qismida nazoratdan chiqib ketdi va bu uning yanada keng tarqalishi uchun ideal ssenariy”, – dedi AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining sobiq rahbari Tom Friden.
Bayden saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “virus tarqalishini nazorat ostiga olish”ga va'da bergandi. U shuningdek, mamlakatda niqob taqish rejimini joriy etish niyatida ekanligini aytgan.
77 yoshli Jozef Bayden 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alabaga erishdi. Bayden bungacha 1987 va 2008 yillardagi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Avvalroq VVS Baydenni prezidentlik lavozimida kutib turgan asosiy muammolar to‘g‘risida yozgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
23:55 / 29.12.2023
Bayden Rossiyaning ommaviy raketa zarbalariga javoban Kongressni «shoshilinch chora ko‘rishga» chaqirdi
21:51 / 08.12.2023
Baydenning o‘g‘li 1,4 mln dollar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblandi
00:40 / 07.12.2023