Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI AQSh mahsulotlariga nisbatan boj kiritishga tayyorligini ma'lum qildi
JST oktabr o‘rtalarida YeIga AQShning 4 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishga ruxsat bergandi.
Yevroittifoq Boeing va Airbus kompaniyalariga subsidiyalar ajratilishi sababli AQSh bilan uzoq yillik mojaro fonida Amerikadan keltiriladigan mahsulotlarga jarima bojlari kiritadi.
Yevropa komissiyasi Jahon savdo tashkilotidan (JST) bunga ruxsat olib bo‘lgan, deb eslatdi Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis.
"Va buni amalga oshiramiz", - deb qo‘shib qo‘ydi Dombrovskis.
U shu bilan birga, Bryussel nizoni muzokaralar orqali hal qilish uchun ochiqligini ta'kidladi.
"Agarda AQSh o‘z bojlarini to‘xtatsa yoki bekor qilsa, biz ham shunday qilishga tayyormiz", - dedi u.
Bryussel Jo Baydenning prezidentlikka kirishishini kutib o‘tirmaslikka qaror qildi, chunki bu borada u ham Donald Tramp kabi proteksionizm tarafdori hisoblanadi, deya qayd etadi dpa.
JST oktabr o‘rtalarida YeIga AQShning 4 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishga ruxsat bergandi. Tashkilotning qayd etishicha, bu AQSh hukumatining Boeing aviakonsernini noqonuniy ravishda subsidiyalashiga nisbatan munosib chora hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026
AQSh so‘nggi yillarda birinchi marta Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
08:16 / 02.06.2026