Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlarida tovarlarni tanlash cheklanadi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqdi, unda 302 nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar va xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan xizmatlarni xarid qilishni vaqtinchalik taqiqlash yoki chegaralash taklif qilinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi koronavirus global pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytirish, sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligini cheklovchi omillarni qisqartirishga qaratilgan.
Norma’ning yozishicha, qaror bilan:
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) preferensiyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatini (jami 302 nomdagi) tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Qaror prezidentning 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4812-son qarorini amalga oshirish doirasida tayyorlanmoqda.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
18:30 / 24.11.2025
Davlat kompaniyalari 20 ta xizmatni autsorsingdan olishi belgilandi
13:32 / 22.11.2025
Farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari yangi elektron modul orqali amalga oshiriladi
14:56 / 25.09.2025