Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazining ishlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Hujjat prezidentning “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4802-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Norma’ning yozishicha, qabul qilingan qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriga, zarur hollarda, Imom Moturidiy ITM tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Akademiyaga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rish topshirildi.
OO‘MTV, Madaniyat vazirligi hamda Fanlar akademiyasiga buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar bo‘yicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, oliy ta'lim muassasalari va muzey fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan Markazni bepul ta'minlash topshirildi.
Akademiya, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasining akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazini tugatish va uning mavjud moddiy-texnika bazasini belgilangan tartibda Markazga berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Markaz akademiyaning Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Belgilanishicha, Markaz ilmiy xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori tatbiq etiladi.
Hujjat 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida
Jamiyat | 17:00
-
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 16:30
-
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:26
-
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:25
Mavzuga oid

20:31 / 24.08.2020
Islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirishda yana bir muhim qadam

19:55 / 12.08.2020