Yakkasaroy tumanidagi «12» (Twelve) tungi klubi oldida sodir bölgan voqea yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergovdan yaşirinib kelgan Akmal Şukurov Qozoğistondan Toşkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
16 martga ötar keçasi «12» tungi klubi oldida ikki kişi — Akmal Şukurov va uning tanişi Xurşid A. örtasida janjal kelib çiqqan va muştlaşuvga aylangan. Boris Avakyan ularni ajratmoqçi bölgan, ammo boşidan ikki marta zarba yeb, huşidan ketgan. U «boş suyagi jarohati, öng yonoq terisining yirtilişi» taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Idora ma’lumotlariga köra, ayblanuvçi Akmal Şukurov tergovdan yaşiringan. Şu bois unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va 17 mart kuni u Qozoğistonda qölga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) va 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan ayblov e’lon qilingan.
«Hozirda Akmal Şukurov Qozoğistondan Toşkent şahriga ekstraditsiya qilingan bölib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mazkur holat böyiça tergov harakatlari töliq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uçun jazo muqarrarligi ta’minlanadi», — deyiladi IIBB xabarida.












