Hajm va foydalanuvçilar sonining ösişi
E’lon qilingan hisobotga köra, 2024 yilda qayta işlangan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 96 trillion sömni taşkil etib, bu 2023 yilning şu körsatkiçidan ikki baravar köp böldi. Uşbu jadal ösiş kompaniyaning xizmatlarni takomillaştiriş va mijozlar bazasini kengaytiriş böyiça maqsadli sa’y-harakatlari tufayli amalga oşirildi.
Tuşumning umumiy hajmi 1,1 trillion sömga yetib, ötgan yilga nisbatan 53 foizga oşdi. Kompaniyaning sof foydasi 282 milliard sömni taşkil etib, ötgan yilgi körsatkiçlarga nisbatan 87 foizga ösdi. Yil mobaynida kompaniya davlat budjetiga 139 milliard söm miqdorida soliq tölovlarini amalga oşirdi.
Paynet mobil ilovasidan faol foydalanuvçilar soni 2,6 millionga yetdi. Bundan taşqari, 2024 yil dekabr oyiga kelib örtaça oylik tölov qiluvçi foydalanuvçilar soni 23 milliondan oşdi.
Şuningdek, kompaniya öz tarmoğini kengaytirib, faol nuqtalar sonini 26 mingtaga yetkazdi. Uşbu yutuqlar Paynet kompaniyasiga Özbekistondagi raqamli tölovlar bozorida yetakçilik mavqeini mustahkamlaş imkonini berdi.
Paynet’ning 2024 yildagi faoliyatining asosiy yönalişi ilğor texnologiyalarni joriy etiş böldi. Eng közga köringan taşabbuslar orasida quyidagilarni ajratib körsatiş mumkin:
- yangi tölov yeçimlarini, şu jumladan P2P ötkazmalari, QR-tölovlar va kontaksiz tölov usullarini işlab çiqiş va işga tuşiriş;
- yangi moliyaviy va tijorat taşkilotlari bilan integratsiyalaşuv orqali hamkorlik tarmoğini mustahkamlaş;
- mobil ilovaning funksionalini yangilaş, keşbek dasturlarini takomillaştiriş va foydalanuvçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş;
- kompaniya agentlarini öz-öziga xizmat körsatiş kiosklari tarmoğini örnatiş va kengaytirişga rağbatlantiriş, bu esa aholi uçun xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini sezilarli darajada oşirdi.

2025 yil uçun strategiya
2025 yilda Paynet nafaqat ösiş sur’atlarini saqlab qolişni, balki moliyaviy xizmatlarni raqamlaştirişning yangi bosqiçiga çiqişni maqsad qilgan. Kompaniyaning asosiy rejalari quyidagilarni öz içiga oladi:











