Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda tinchlikparvar kuchlar vyortolyoti quladi
Misrning Sinay yarimorolida bortida tinchlikparvarlar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.
AFP axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, halokat 6 nafar amerikalik, bir nafardan fransiyalik va chexiyalik harbiy hayotini olib ketgan. Ma'lum qilinishicha, UH-60 Black Hawk vertolyoti razvedka parvozini amalga oshirayotgan vaqtda yarimorol janubidagi Tiran oroli yaqinida qulagan. Fojianing dastlabki sababi sifatida texnik nosozlik aytilgan.
Vertolyot xalqaro tinchlikparvar missiyasi MFO’ga tegishli bo‘lgan. Ushbu missiya Misr va Isroil o‘rtasidagi 1979 yilda imzolangan tinchlik sulhi bajarilishi ortidan kuzatuv olib boradi va Sinayda 1982 yildan beri joylashtirilgan. Uning tarkibiga 12ta davlat harbiylari kiradi. MFO’da o‘z vertolyotlaridan biri halokatga uchragani tasdiqlangan, biroq tafsilotlar keltirilmagan.
Mavzuga oid
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026