Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlandi
Prezident «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi.
Unga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini quyidagilarga jalb qilish taqiqlanadi:
- Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish;
- tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tuman va shahar hokimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat'iy ogohlantiriladi. Aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta'minlashni Bosh prokuratura hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nazoratga oladi.
Bundan tashqari, hujjatga binoan ish beruvchilarning xodimlari tibbiy tekshiruvlardan o‘tishidagi mas'uliyati orttirilgan hamda mehnat sharoitlarini maxsus baholash tizimini joriy qilish shartlari ham qayd etilgan.
Tizimda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
21:59 / 27.08.2024
«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi
15:20 / 26.08.2024
Buxoroda maktab o‘qituvchilari “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlanyapti
23:30 / 14.08.2024