Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xorazm shakar» ishlab chiqarishni boshladi
Yaqinda ikkita shakar zavod – «Angren shakar» va «Xorazm shakar» MChJlar ishlab chiqarishni to‘xtatgani va 2000 nafar xodim ishsiz qolayotgani xabar berilgan edi.
O‘zA’ning yozishicha, to‘satdan yuzaga qalqib chiqqan bu muammo ko‘pchilikni befarq qoldirmadi.
«Jumladan, hukumatimiz ham muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishni boshladi.
Natijada esa «Xorazm shakar» MChJ 8 noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom-ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan boshlab yubordi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, yil oxiriga qadar «Xorazm shakar» MChJ 1200 nafar xodimni ishdan bo‘shatmoqchi ekani aytilgandi.