«Xorazm şakar» mas'uliyati çeklangan jamiyati şu kunlarda ommaviy ravişda xodimlarini işdan böşatişni boşladi. Kun.uz manbasi bergan ma'lumotga köra, zavod xomaşyo yöqligi sababli, iyul oyidan beri töxtab yotibdi.

Qayd etilişiça, şunday bölsa-da, hozirgi vaqtgaça xodimlarga maoş tölanib kelgan. Ularning işdan böşatilişiga esa aynan mablağ tugab qolgani sabab bölmoqda.

Yil oxiriga qadar «Xorazm şakar» MÇJ 1200 nafar xodimni işdan böşatmoqçi.

Öz navbatida, ÖzA xabariga köra, «Angren şakar» mas'uliyati çeklangan jamiyati ham şu kunlarda ommaviy ravişda xodimlarini işdan böşatişni boşlagan.

Ma'lum qilinişiça, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod işçi xodimning daromadsiz qoliş xavfi tuğilmoqda.

Qayd qiliş joizki, yaqinda ötkazilgan va oziq-ovqat xavfsizligiga bağişlangan Xorazm viloyati xalq deputatlari kengaşi sessiyasida «Xorazm şakar» zavodiga Braziliyadan 30 ming tonna xomaşyo keltirilayotgani, natijada şakar tanqis bölmasligi haqida aytilgan edi.