Xorazm viloyati Hazorasp tumanida joylaşgan «Xorazm şakar» AJ QK hamda Toşkent viloyatidagi «Angren şakar» QK iş faoliyatini noma'lum muddatgaça töxtatdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri axborot manbalari bildirgan ma'lumotga tayanib xabar berdi.
«Sönggi paytda, şakarqamiş xom-aşyosining yetişmasligi, valyuta liberallaşuvi oqibatida şakar mahsulotini işlab çiqarişda narxning keskin oşib ketişi kuzatilmoqda. Şu tufayli, hukumat şakar importini oşirişga majbur bölgan», deb xabar beradi axborot manbasi.
2017 yil sentabr oyida Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya Qişloq xöjaligi vaziri Aleksandr Tkaçyov tegişli hujjatlarni imzolab, Rossiya şakarini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça kelişuv yuzaga kelgani xabar berilgandi. Mutaxassislarning fikriça, yil sönggiga qadar Özbekiston yana 120-150 ming tonna şakar import qilişi zarur edi.

Kun.uz axborot manbasining aytişiça, Rossiya tomoni şu kunlarda Toşkent viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalardan birida yangi şakar işlab çiqariş zavodini quriş istagini bildirmoqda. Ayni paytgaça mamlakat hududida 2ta şakar işlab çiqariş zavodlari faoliyat yuritib kelayotgandi.
1998 yil işga tuşgan «Xorazm şakar» zavodi, dastlabki yillarda, kuniga 3000 tonnagaça şakar kökasi (lavlagi) işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan. Ammo, respublikada şakar lavlagisi tanqisligi tufayli, zavod qisqa muddatga iş faoliyatini töxtatgan. 2001 yili esa AQŞ-Özbekiston «Şakar investment» QK körinişida zavodga 2 million dollar miqdorida sarmoya kiritildi. Şuning bilan, «Xorazm şakar» AJ QK paydo bölib, asosan şakarqamiş xom-aşyosini qayta işlab çiqariş bilan şuğullanişni boşladi. Qayta jihozlaşning birinçi bosqiçida şakar zavodining quvvati olti oy davomida sutkasiga 700 tonnagaça yetkazildi. Bu körsatkiç 2014 yilga kelib, 390 ming tonna mahsulot işlab çiqariş imkoniyati paydo böldi.
Şuningdek, 2014 yilda Angren EIZda «Angren şakar» QK taşkil etilgan bölib, zavodning umumiy qiymati 108,5 million AQŞ dollariga teng, deb e'tirof etilgan. Angrendagi şakar zavod quvvati kuniga 1000 tonna şakar işlab çiqarişga yetarli, bu raqam böyiça «Xorazm şakar» AJ QKdan qolişmaydi.
Har ikkala kompaniyada ham Singapur, Avstriya işbilarmonlarining sarmoyalari mavjud. Şuningdek, Panamaning Motril Investments kompaniyasi «Xorazm şakar» AJ QKda katta hissaga ega.











