Jahon | 08:48 / 15.11.2020
2668
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyadagi shifoxonada chiqqan yong‘inda 10 bemor halok bo‘ldi 

Ruminiyaning sharqida joylashgan Pyatra-Nyams shahridagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan 10 bemor halok bo‘ldi. 

Foto: AP

Yong‘in shifoxonaning koronavirusga chalingan bemorlar yotgan anesteziya va intensiv terapiya bo‘limida chiqqan. Fojia oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jabrlangan. Yong‘in sabablari hozircha noma'lum.

Barcha jabrlanuvchilar og‘ir ahvolda bo‘lib, yong‘in vaqtida bo‘limda yotgan yana 6 kishi boshqa shifoxonaga o‘tkazilgan. Voqea joyiga Ruminiya sog‘liqni saqlash vaziri kelgan. Prokuratura voqeani tergov qilishni boshlagan.

Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, ushbu yong‘in mamlakatda oxirgi 5 yil ichidagi eng ko‘p qurbonga olib kelgan yong‘in bo‘ldi. 2015 yilda poytaxt Buxarestdagi tungi klubda chiqqan yong‘inda 60dan ko‘proq kishi halok bo‘lgandi. O‘shanda fojia mamlakatda ommaviy noroziliklar boshlanishiga olib kelgan. Namoyishchilar korrupsiya va mas'uliyatsizlikka qarshi norozilik bildirishgan.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP

 

 

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid