Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoyga qarshi yanada keskin choralar qabul qilishni rejalashtirdi – OAV
Tramp ma'muriyatidagi amaldorlar sanksiyaga tushadigan Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini kengaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga nisbatan keskin choralar paketini qabul qiladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Axios portali xabar berdi.
Portalning yozishicha, Oq uy Xitoyning ko‘plab kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritish va ular bilan savdo aloqalarini cheklashni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, cheklovlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati va Honkongda inson huquqlari buzilishi hamda AQSh milliy xavfsizligiga nisbatan tahdid sababli joriy etiladi.
Manbalarning ma'lumot berishlaricha, Tramp ma'muriyatidagi amaldorlar sanksiyaga tushadigan Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini kengaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Axios portalining yozishicha, AQSh milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff yaqin vaqt ichida Xitoyning Qo‘shma Shtatlardagi "yovuz rejalari" to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadi.
Tramp o‘tgan haftada 2021 yil 11 yanvardan AQSh jismoniy va yuridik shaxslariga Xitoy harbiylari bilan aloqador kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishni taqiqlovchi farmonni imzolagandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026