Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada “Yevropadagi eng yirik o‘g‘rilik”ka aloqador jinoyatchilar ushlandi
Germaniyada Yevropa hududida sodir etilgan eng yirik o‘g‘rilik – Drezdendagi “Yashil gumbaz” muzeyi tunab ketilgandan bir yil o‘tgach ushbu jinoyatda gumon qilingan 3 kishi qo‘lga olindi.
2019 yil 25 noyabrda sodir etilgan o‘g‘rilikka aloqadorlarni qidirish bo‘yicha maxsus operatsiyada 1600dan ko‘proq politsiyachi ishtirok etgan. Shu maqsadda Berlinning bir nechta tumanlarida joylashgan 18ta obekt, jumladan 10ta kvartira, garaj va avtomobillar tintuv qilingan. Ushlangan gumonlanuvchilarning barchasi Germaniya fuqarosi bo‘lib, ular nemis-arab jinoiy to‘dasi Remmo a'zolari hisoblanadi. Ushbu jinoyatga aloqador yana 2 kishi qidiruvga berilgan.
“Yevropadagi eng yirik o‘g‘rilik” deb atalgan jinoyat 2019 yil 25 noyabr tongida yuz bergan. Jinoyatchilar yaqin oradagi transformatorni ishdan chiqarib va buning natijasida muzeyda signalizatsiya o‘chganidan foydalanib, oynalardan biri orqali muzeyga kirishgan. Politsiya muzey navbatchilarining signaliga ko‘ra voqea joyiga bir necha daqiqa ichida kelgan bo‘lsa-da, hech kimni ushlay olmagan.
Dastlab jinoyatni muzeydagi kuzatuv kameralariga muhrlangan ikki o‘g‘ri sodir etgan deb taxmin qilingan. Biroq politsiya 2 kun o‘tgach jinoyatchilar 4 nafar bo‘lgani, yana ikki nafar jinoyatchi muzeyga o‘g‘rilikka tushgan sheriklarini avtomobilda kutib turganini ma'lum qilgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, muzeydan umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik zeb-ziynatlar olib chiqib ketilgan. O‘g‘irlangan buyumlar XVIII asrga mansub bo‘lib, ular orasida sakson qirollari Avgust Kuchli va Avgust III uchun tayyorlangan zeb-ziynatlar bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, jinoyatdan 2 oy o‘tib, Isroilning CGI qo‘riqlash firmasiga darknet orqali muzeydan o‘g‘irlangan brilliantlarni 9 mln yevroga sotib olish taklifi tushgan.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026