Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada “antikoronavirus” shlemlar sotuvga chiqarildi
Kanadada VZYR Technologies kompaniyasi koronavirusdan himoyalashga mo‘ljallangan antiqa shlemlarni ishlab chiqara boshladi.
BioVYZR deb nomlangan shlemni 379 dollardan buyurtirish mumkin. U boshni va tananing yuqori qismini to‘liq yopadi. Shlemning orqa panelida batareyadan ishlovchi ventilyator hamda havoni tozalovchi filtr joylashgan. Batareya quvvati 12 soatga yetadi.
Ta'kidlanishicha, antikoronavirus shlemni ixtiro qilgan Yezin Al-Kaysi 2 oydan beri undan foydalanmoqda. 32 yoshli ixtirochining ta'kidlashicha, ko‘pchilik uning ixtirosiga qiziqish bildirmoqda.

Olimlar hozircha ushbu shlemning samaradorligini tasdiqlashga shoshmayaptilar, chunki u hali yetarlicha o‘rganilmagan.
Avvalroq koronavirusdan himoyalovchi xuddi shunga o‘xshash qurilmaga amerikalik ixtirochi Kris Elinger patent olgan. U ishlab chiqqan NE-1 qurilmasi mototsiklchilar shlemiga o‘xshaydi. Shlem havoni tozalovchi tizimga qo‘shimcha ravishda foydalanuvchi atrofdagi odamlar bilan gaplasha olishi uchun ichki va tashqi mikrofonlar va karnaylarga ega. Qurilmada, shuningdek, telefon orqali qo‘ng‘iroqni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth orqali tovushni uzatish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026