O‘zbekiston | 08:45 / 17.11.2020
3525
3 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etiladi 

Ushbu sohada davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsad qilingan.

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etilishi mo‘ljallangan.

Idoralararo kengash tarkibi quyidagicha bo‘ladi:

  • Behzod Musayev - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Kengash raisi
  • Abduhakim Xojiboyev - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Kengash raisi o‘rinbosari
  • Rahmat Mamatov - O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri
  • Timur Ishmetov - O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri
  • Akmalxon Ortiqov - O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
  • Ruslanbek Davletov - O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
  • Nozim Husanov - O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
  • Inom Majidov - O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri
  • Sherzod Shermatov - O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri
  • Agrippina Shin - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri
  • Ozodbek Nazarbekov - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
  • Dilmurod Nabiyev - O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri
  • Shuhrat Sodiqov - O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
  • Ilhom Mahkamov - O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri
  • Kamol Abdullayev - O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi
  • Alisher Inoqov - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori.

Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligini ta'minlash, ularning ijtimoiy himoya qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid