Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ini tashkil qilish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Prezidentning "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019 yil 20 martdagi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yangi, muhofaza qilinadigan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 1 447 143 gektar bo‘lgan "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
Qaror bilan:
- doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni;
- rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydoni;
- bog‘ ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlandi.
- Davlat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
- Tabiat bog‘ining xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.
Hujjat 11.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
12:50 / 02.12.2023
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqon turkman qulonlarini suratga oldi
08:24 / 19.04.2022
«Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi
07:35 / 08.03.2022