Vazirlar Mahkamasining «Örmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni taşkil etiş bilan boğliq qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida»gi qonunga muvofiq, Qoraqalpoğiston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari örmon fondi yerlarida «Orolqum», «Pop», «Omonqöton», «Yuqori Töpalang» va «Bobotoğ» milliy boğlari taşkil etiladi.

Örmon xöjaligi davlat qömitasi milliy tabiat boğlarining muassisi hisoblanadi.

Milliy tabiat boğlarining faoliyati davlat budjeti mablağlari, budjetdan taşqari mablağlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga moliyalaştiriladi. 

Hujjat bilan «Orolqum», «Pop», «Omonqöton», «Yuqori Töpalang» va «Bobotoğ» milliy boğlarining yer maydonlari, qöriqxona, rekreatsiya va xöjalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uçun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.