Jamiyat | 10:40 / 18.11.2020
6564
1 daqiqa o‘qiladi

30 ming dollarlik simobning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Simob  juda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Lekin shunga qaramay mo‘may daromad evaziga mazkur zaharli moddani noqonuniy sotishga uringan ayrim kimsalar ham uchrab turibdi.

Foto: Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazdilar.

Tadbir davomida fuqaro Sh.B. 307 gramm “simob” zaharli moddasini shartli xaridorga 30 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid