Jahon | 23:23 / 18.11.2020
5556
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada noroziliklarga sabab bo‘lgan qonunga tuzatmalar qabul qilindi 

Germaniya parlamenti deputatlari yuqumli kasalliklardan himoyalash to‘g‘risidagi qonunga tuzatmalarni qabul qilishdi. Ushbu tuzatmalarni kiritish tashabbusi Berlinda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

Foto: EPA

Germaniya parlamenti 18 noyabrda noroziliklarga qaramay tuzatmalarni qabul qildi. Endilikda tuzatmalarni Germaniya federal hududlari vakillar palatasi ma'qullashi kerak.

Qabul qilingan tuzatmalar koronavirusning navbatdagi avj olishida cheklovlar qanday shartlar bilan kuchga kirishini belgilashga qaratilgan.

Germaniyada tuzatmalar fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini cheklashi va shu bilan konstitutsiyani buzishi aytilmoqda.

Tuzatmalarni kiritishga qarshi Berlinda minglab odamlar ko‘chaga chiqqan. Politsiya ularni tarqatish uchun suvpurkagichlar qo‘llagan, 200ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

“Biz namoyishni masofani saqlash va himoyalanish qoidalariga amal qilishga chaqiriqlarimizga quloq solinmagani sababli tarqatishimizga to‘g‘ri keldi”, deb aytgan politsiya vakili Tilo Kablits.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid