Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi CureVac kompaniyasidan 225 million doza vaksina sotib oladi
Yevropa komissiyasi CureVac farmatsevtik kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksinadan 225 mln doza sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Yevrokomissiya bayonotida ma'lum qilinishicha, shartnomada CureVac vaksinasi o‘zining xavfsiz ekani va samaradorligini ko‘rsatgach, undan yana 180 mln doza so‘rash imkoni ko‘zda tutilgan.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning ta'kidlashicha, bugungi kunda komissiya o‘zini 1,2 mlrd doza vaksina bilan ta'minlab qo‘ydi va u bilan nafaqat Yevropa ittifoqi fuqarolari, balki dunyodagi boshqa notavon odamlar bilan bo‘lishadi.
Yevrokomissiya xabarida ma'lum qilinishicha, CureVac bilan tuzilgan shartnoma vaksina sotib olish bo‘yicha tuzilgan 5-shartnoma bo‘ldi. Avvalroq bunday shartnomalar AstraZeneca, Sanofi-GSK, Janssen Pharmaceutica NV va BioNtech-Pfizer kompaniyalari bilan tuzilgan.
Ursula fon der Lyayyen ushbu kompaniyalar ishlab chiqqan vaksinalardan aksariyati klinik sinovlarning yakuniy bosqichidan o‘tayotganini eslatib o‘tgan va ularni tez orada qo‘llashga ruxsat berilishiga umid bildirgan.
Bryusselda Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar vaksinalarni o‘rta va past daromadli boshqa davlatlarga xayriya qilishi yoki Yevropaning boshqa davlatlariga berishi mumkinligiga e'tibor qaratilmoqda.
Germaniyada joylashgan CureVac kompaniyasi 6 iyulda Yevropa investitsiya banki bilan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish va uni katta ko‘lamda ishlab chiqarish bo‘yicha 75 mln yevrolik kredit kelishuvini imzolagan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026