Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter AQSh prezidenti akkauntini Baydenga beradi
@VP (vitse-prezident), @FLOTUS (AQShning birinchi xonimi), @whitehouse (Oq uy) kabi hukumat akkauntlari ham Bayden ma'muriyatiga o‘tadi.
Twitter ijtimoiy tarmog‘i ma'muriyati amaldagi prezident Donald Trampning fikridan qat'i nazar, inauguratsiya kuni AQSh prezidentining @POTUS rasmiy akkauntini Jo Baydenga beradi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
“Twitter 2021 yil 20 yanvardagi Oq uyning institutsional akkauntlari o‘tkazilishiga faol tayyorlanmoqda”, – deb ma'lum qildi ijtimoiy tarmoq vakili.
@VP (vitse-prezident), @FLOTUS (AQShning birinchi xonimi), @whitehouse (Oq uy) kabi hukumat akkauntlari ham Bayden ma'muriyatiga o‘tadi.
Tramp ma'muriyatining mavjud xabarlari AQSh arxivlash va hujjatlashtirish milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp saylovlarda “dahshatli qonunbuzilishlar” bo‘lganligini aytgan va sudga murojaat qilishini bildirgandi. Uning fikricha, qator hududlarda saylov natijalari demokratlar foydasiga soxtalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024