Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangihayot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi
Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Akbar Ibrohimov Toshkent shahri Yangihayot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Akbar Ibrohimov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetini Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha, 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini Yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U soliq organlaridagi professional faoliyatini 2006 yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi Inkassatsiya ishlarini tashkil etish sho‘'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.
A. Ibrohimov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
08:31 / 15.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga oid holatlar aniqlandi
10:00 / 18.10.2025
Toshkentda talaba qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi
07:53 / 29.09.2025
Yangihayotda yog‘ochdan qurilgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
19:52 / 04.08.2025