Bugun Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada Yangihayot tumani hokimini tasdiqlaş töğrisidagi masala körib çiqildi. Deputatlar tomonidan uşbu lavozimga tavsiya etilgan Hayot Inoğomov nomzodi bir ovozdan ma'qullandi.
Hayot Inoğomov 1986 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2008 yilda Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan.
Şu paytga qadar Toşkent şahar hokimining örinbosari – Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan.
Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tuman prokurori va Içki işlar bölimi boşliğini tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi.
Yangihayot tumani prokurori lavozimiga Azamat Azimov, Içki işlar bölimi boşliği lavozimiga esa Murod Raimov tasdiqlandi.

Toşkent şahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi taşkil etildi












