Jahon | 08:06 / 22.11.2020
5993
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Rossiya bilan chegaradagi shahrida karantin kiritdi

Xitoy Rossiyaning Baykalorti o‘lkasi bilan chegarada joylashgan Manchjouli shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 2ta holat qayd etilgandan keyin karantin kiritdi. 

Foto: RIA Novosti

Shaharda ommaviy yig‘ilishlarga taqiqlov kiritildi, ko‘ngilochar maskanlar, maktablar va bolalar bog‘chalari vaqtincha yopiq bo‘ladi. Shahar ma'muriyati butun aholidan koronavirusga test olishini ma'lum qilgan. Shaharda 172 mingga yaqin odam yashaydi.

Shuningdek, shahar bilan temir yo‘l aloqasi vaqtincha to‘xtatiladi.

Manchjouli Rossiya va Xitoy chegarasidagi muhim logistik markaz hisoblanadi. U yerda “Baykalorti – Manchjuriya” yuk-yo‘lovchi chegara o‘tish joyi joylashgan.

Xitoyda so‘nggi sutkada 17ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Ulardan uchtasida virus mamlakat ichidagi odamlarda, qolganlarida esa xorijdan kelganlarda aniqlangan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid