Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘yicha chegaralar qachon to‘liq ochilishi mumkinligi aytildi
Qayd etilishicha, pandemiya davrida butun dunyodagi aviakompaniyalar 157 milliard dollar yo‘qotadi. 2020 yilda aviayo‘lovchilarning umumiy soni 4,5 milliard nafardan 1,8 milliardgacha kamayadi.
Foto: TASS/EPA/ZURAB KURTSIKIDZE
Butun dunyo bo‘yicha chegaralar 2021 yil o‘rtalarida to‘liq ochilishi mumkin. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bosh direktori Aleksandr de Jyunyak ana shunday taxmin bildirdi, deb yozmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinaning paydo bo‘lishi va turli mamlakatlarda ommaviy testlar o‘tkazilishi aviaqatnovlarning tiklanishiga sabab bo‘ladi.
IATA bosh direktorining aytishicha, uzoq masofalarga parvoz qiluvchi yo‘lovchilarning emlanishini majburiy qilish niyatida bo‘lgan aviakompaniyalar paydo bo‘lmoqda. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ana shundaylardan biri bo‘ldi, qolgan kompaniyalar ham uning ortidan borishi mumkin, deydi de Jyunyak.
Uning ma'lumot berishicha, pandemiya davrida butun dunyodagi aviakompaniyalar 157 milliard dollar yo‘qotadi. 2020 yilda aviayo‘lovchilarning umumiy soni 4,5 milliard nafardan 1,8 milliardgacha kamayadi. Bu yil yo‘lovchi tashishdan keladigan daromad 69 foizga tushib, 191 milliard dollarni tashkil etadi.
Avvalroq de Jyunyak samolyotda koronavirus yuqtirish ehtimoli juda kamligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
11:06 / 10.11.2025
AQShda budjet bo‘yicha bahs aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ydi
11:56 / 16.10.2025
Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:13 / 19.09.2025