Jahon | 22:33 / 27.11.2020
2039
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada talaffuzdagi aksent uchun kamsitishga jinoiy javobgarlik belgilandi 

Fransiyada talaffuzdagi aksent uchun tahqirlashga jinoiy javobgarlik belgilandi. Mamlakat parlamenti bunday harakatlarni irqchilikning ko‘rinishi deb topgan va endi u uchun jinoiy jazo belgilanadi.

Foto: EPA

Fransiya parlamentining quyi palatasi insonning aksenti bo‘yicha tahqirlashni “irqchilik shakllaridan biri” deb topib, uni taqiqlab qo‘ygan. Bu haqda The Local nashri xabar berdi. 

Qonun loyihasi uchun 98 deputat ovoz bergan, 3 deputat qarshi chiqqan. Glotofobiya kabi ma'lum bo‘lgan aksent bo‘yicha kamsitish irqchilik, jins bo‘yicha va nogironlikka ega odamlarni tahqirlash bilan bir qatorda sud ta'qibiga uchraydigan tahqirlash sabablari ro‘yxatiga kiritildi.

Ushbu harakatlar uchun maksimal jazo 3 yilga ozodlikdan mahrum etish va 45 ming yevro jarimani tashkil qiladi.

Deputat Kristof Eyze tomonidan taklif etilgan qonun unga berilgan ovozlar ko‘pligiga qaramay, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Jumladan, shimoliy afrikalik muhojirlar qizi bo‘lgan deputat Patrisiya Miralles o‘smirlik vaqtida jazoircha aksenti uchun kamsitishlarga uchraganini aytgan.

Fransiya adliya vaziri Erik Dyupon-Moretti yangi qonun zarurligiga ishonchi komilligini ta'kidlab o‘tgan.

Oktyabrda “Bo‘ysunmas Fransiya” harakati yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon unga parlamentda savol bergan janubiy aksentga ega jurnalistga nisbatan qo‘pollik qilgan.

“Menga kimdir fransuzchada savol bera oladimi? Va buni tushunarliroq qila oladimi?” deb aytgan o‘shanda Melanshon jurnalistlarga yuzlanib.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid