Jahon | 21:36 / 28.11.2020
4803
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada o‘qituvchiga o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

O‘qituvchining advokati ta'kidlashicha, uning mijozi ushbu tahdiddan so‘ng ikki hafta og‘ir ruhiy holatda bo‘lgan va ishga bormay qo‘ygan.

Foto: DAVID Thierry

Fransiyada litsey o‘qituvchisini o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak bir yarim yilga qamaldi. Bu haqda Nitssa shahri prokuraturasiga asoslanib Le Figaro nashri xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, u ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘qituvchiga tahdid qilgan. Sudda esa buning hazil ekanligini aytib o‘zini oqlashga uringan.

 Ma'lum qilinishicha, u ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilari imtihonlarda firibgarlik qilganligi uchun ulardan izoh talab qilgan o‘qituvchi to‘g‘risidagi xabarni o‘qigan. Shundan so‘ng u o‘qituvchining boshqa ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini izlab topgan va uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

O‘qituvchining advokati ta'kidlashicha, uning mijozi ushbu tahdiddan so‘ng ikki hafta og‘ir ruhiy holatda bo‘lgan va ishga bormay qo‘ygan.

Qonun bo‘yicha sudlanuvchiga yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid