Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi
Ilk holatlar mamlakat poytaxti Pnompen va Siyemreap provinsiyasida qayd etildi. Ushbu hududlarda o‘tkazilgan 2248ta test natijasida kasallikka chalinganlar soni 14 nafarga yetdi.
Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 14ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Xun Sen ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, bu mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlardir, ilgari qirollikda chetdan kirib kelgan bemorlar aniqlangandi.
"Kamboja hududida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar mamlakat poytaxti Pnompen va Siyemreap provinsiyasida qayd etildi. Ushbu hududlarda oxirgi sutkada o‘tkazilgan 2248ta test natijasida kasallikka chalinganlar soni 14 nafarga yetdi", - dedi hukumat rahbari.
Xun Senning qayd etishicha, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
"Agarda koronavirusni o‘z vaqtida to‘xtatmasak, bu Kamboja uchun falokat bo‘ladi", - deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
17:25 / 11.03.2021
Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi
14:28 / 17.12.2020
Tokioda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta eng yuqori xatar darajasi e'lon qilindi
23:56 / 16.12.2020