Jamiyat | 14:45 / 01.12.2020
10189
2 daqiqa o‘qiladi

«E-IJRO AUKSION»: yirik mehmonxona majmuasi savdoga chiqarildi

Siz tadbirkormisiz? O‘z faoliyatingizni kengaytirish va turizm sohasida qulay imkoniyatni izlayapsizmi? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sizga ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

Samarqand shahri turistik biznes bilan shug‘ullanuvchilar uchun yirik bozor hisoblanadi. Qadimiy va navqiron shahar markazidagi «Afrosiyob palas» mehmonxonasining mulkiy majmuasi ochiq va shaffof mexanizmlar asosida sotuvga qo‘yildi. 

Endilikda «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarda qatnashib, «Afrosiyob palas» mehmonxonasining mulkiy majmuasini sotib olishingiz mumkin!

Mehmonxona shahar markazidagi tarixiy qadamjolarga qulay hududda joylashgan. Jumladan, Bibixonim masjidiga 15 daqiqada piyoda borish mumkin. «Go‘ri Amir» maqbarasi va «Amir Temur» xiyoboni mehmonxona ro‘parasida joylashgan. «Registon» maydoni esa mehmonxonadan 400 metrlik uzoqlikda. Mazkur majmua bozor narxlarida baholangan bo‘lib, uning auksiondagi boshlang‘ich narxi 27 432 946 350 so‘mni tashkil etadi.

Batafsil ma'lumotni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining (66) 233-73-54, (97) 579-70-08 telefon raqamlari orqali, shuningdek, davaktiv.uz, www.e-auksion.uz saytlari orqali olishingiz mumkin.

Shoshiling! Savdolarda qatnashib, Samarqand shahri markazidagi yirik mehmonxona mulkdoriga aylaning.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi
«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK

Mavzuga oid