Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbirda fuqaro Y.A. boshqaruvidagi «Kobalt» ko‘zdan kechirilganda, yukxona va salonda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, 1 mlrd 75 mln so‘mlik 353 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Cifati kafolatlanmagan 1 mlrd so‘mdan ortiq tibbiy buyumlarning noqonuniy kirib kelishi oldi olindi
Toshkent shahar bojxonachilari «Chuqursoy texnik idora» temir yo‘l chegara bojxona posti va «Chuqursoy» TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston hududiga temir yo‘l transportida olib kelingan, hujjatlarga binoan «xo‘jalik mollari» ortilgan konteynerni bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi.
Ushbu konteynerda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 22 turdagi 1 mlrd 84 mln so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar borligi aniqlandi.

300 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Toshkent viloyati bojxonachilari portlovchi moddalarni qidirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rgatilgan «Graf» laqabli xizmat iti yordamida Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbirda fuqaro U.Q. boshqaruvidagi «Isuzu» yuk avtoulovi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 303,2 mln so‘mlik 315 417 dona pirotexnika vositalari borligi fosh qilindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025