Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlab chiqilgan birinchi vaksinaning taxminiy narxi ma'lum qilindi
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi narxi 10 dollardan kamroqni tashkil qiladi. Bu haqda Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasida ma'lum qildi.
Dmitriyevning ta'kidlashicha, Gamaleya nomidagi markaz ishlab chiqqan vaksina boshqa vaksinalardan ancha arzonroq bo‘ladi. Rossiyaliklar uchun vaksina bepul taqdim etiladi.
Ayni vaqtda Rossiya vaksinasiga 50dan ko‘proq davlatda qiziqish bildirilgan. RFPI vaksinani Hindiston, Braziliya, Xitoy va boshqa davlatlardagi hamkorlari bilan ishlab chiqarishga kelishib olgan.
Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bir dozasi 19,5 dollar, Moderna kompaniyasiniki esa 25-37 dollar turadi.
“Sputnik V” avgust oyida dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026