Jahon | 08:18 / 02.12.2020
17614
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurda dunyoda birinchi bo‘lib sun'iy go‘sht sotishga ruxsat berildi

Foto: Shutterstock

Singapur hukumati dunyoda birinchi bo‘lib laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan sun'iy go‘shtni sotishga ruxsat berdi. Sun'iy go‘sht sotish bilan AQSh kompaniyasi shug‘ullanadi.  

“Kelib tushgan takliflar va ularning xavfsizligini baholab, AQShning Eat Just kompaniyasiga sun'iy tovuq go‘shtini sotishga ruxsat berishga qaror qilindi”, deb aytilgan Singapurning Oziq-ovqat agentligida.

Agentlik rahbari Tan Li Kimning ta'kidlashicha, sun'iy go‘shtning xavfsizligi baholanishi davom ettiriladi, mutaxassislar bilan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi hamda yangi mahsulotlar bozorda paydo bo‘lganda kuzatib boriladi. 

Eat Just vakillarining ma'lum qilishicha, laboratoriya sharoitlarida olingan go‘sht mikroblarni saqlash borasida tabiiy go‘shtga nisbatan ancha toza hisoblanadi. 

“Tahlillar, shuningdek, bunday go‘shtlarda oqsil, turli aminokislotalar, foydali yog‘ va minerallar ko‘pligini ko‘rsatdi”, deb ta'kidlab o‘tilgan kompaniyada.

Singapurda sotuvga chiqariladigan birinchi sun'iy go‘sht mahsuloti naggetslar bo‘ladi.

Mavzuga oid