Mingdan ko‘proq xitoylik olim AQShni tark etdi
Mingdan ko‘proq xitoylik olim Vashington Pekinni AQSh texnologiyalarini o‘g‘irlashda ayblagandan keyin AQShni tark etdi.
Bunday ma'lumotni AQSh adliya vazirining yordamchisi Jon Demers Aspen instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, xitoylik olimlar adliya vazirligi sanoat va texnologik josuslikdagi ayblovlar bo‘yicha bir qator jinoiy ishlarni qo‘zg‘atganidan keyin AQShdan chiqib ketgan.
Adliya vazirligidagi mansabdor shaxslardan birining ta'kidlashicha, AQSh xitoylik olimlarni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi bilan aloqalarda gumon qilmoqda.
29 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan AQSh milliy manfaatlariga xavf solishi mumkin bo‘lgan aspirantlar va olimlar kirishini cheklovchi farmoyishni imzolagan. Ta'kidlanishicha, gap Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklar haqida borgan. AQSh hukumati fikricha, ular AQShga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlash maqsadida kelishi mumkin. Xitoy ta'lim vazirligi AQShning bu cheklovlariga nisbatan norozilik bildirgan.
Mavzuga oid
22:33 / 07.10.2024
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi
09:51 / 06.10.2024