O‘zbekiston | 19:20 / 03.12.2020
5360
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda ta'lim sifati past bo‘lgan 26ta maktab direktori ishdan olindi

Navoiy viloyatida past ko‘rsatkichli maktab direktorlari jazolandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, ta'lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq ta'limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta'limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Avvalroq xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatida birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan 20ta maktab direktorlari ishdan olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid