Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish yakunlandi
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish bosqichi yakunlanishiga qadar 21 nomzoddan ularni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar qo‘yilgan varaqlarni oldi.
“Saylovoldi kampaniyasining navbatdagi bosqichi – Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga nomzodlarni ilgari surish davri yakunlandi. 3 dekabr soat 23:59 holatiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasiga 21 nomzoddan imzolar qo‘yilgan varaqlar olindi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Saylov komissiyasida ta'kidlanishicha, nomzodlardan birida minimal zaruriy 30 ming imzo o‘rniga 15 mingdan ko‘proq imzo to‘plangan bo‘lgan. Qolgan nomzodlar to‘plagan imzolar esa talablarga muvofiq bo‘lgan. Endi saylov komissiyasi 8 ish kuni davomida imzolarning haqiqiyligini tekshirib chiqadi.
Qirg‘izistonda muddatdan avval prezident saylovlari va yangi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha saylovlar 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda 4 oktyabrda o‘tgan parlament saylovlaridan keyin yuz bergan siyosiy inqiroz ortida 15 oktyabrda iste'foga chiqqandi. Shuningdek, parlament spikeri va bosh vazir ham iste'foga chiqishga qaror qilgan. Yangi bosh vazir namoyishchilar tomonidan turmadan ozod qilingan Sadir Japarov bo‘lgan. O‘shanda unga prezident vakolatlari ham o‘tgan. Biroq Japarov prezident saylovlarida ishtirok etishga qaror qilgani sababli prezident vakolatlaridan voz kechgan. Hozirda prezident vazifasini parlament spikeri Talant Mamitov bajarmoqda.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti lavozimi uchun rekord sonda - 62 nomzoddan ariza tushgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:28 / 29.10.2024
Qirg‘izistonda besh nafar general unvonidan mahrum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
19:14 / 28.10.2024
Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Elkart» yagona to‘lov ekotizimini yaratadi
19:03 / 25.10.2024