Sport | 18:39 / 04.12.2020
13708
2 daqiqa o‘qiladi

Xayrulla Hamidov: «Neftchi» mabodo chetlatilsa, «Andijon»ga qarshi «Dinamo» o‘ynashi kerak»

Pro liga so‘nggi turida «Neftchi» - «Turon» (0:1) uchrashuvidagi voqealar va Farg‘ona klubiga qanday jazo choralari qo‘llanishi masalasi o‘zbek futbolidagi asosiy voqelik bo‘lib turibdi. «FutbolTV» sharhlovchisi telekanaldagi ko‘rsatuvda ushbu masalada o‘z fikrini bildirdi.

«Neftchi» chetlatilgan taqdirda, «Andijon» Superligada qoladi, deyishayapti-yu, aslida bunaqa bo‘lmasligi kerak – Pro ligadagi uchinchi jamoa o‘ynashi kerak. Ya'ni, «Andijon» pley-offda «Dinamo» bilan o‘ynashi lozim. Baribir «Andijon» ham Superligada so‘nggi o‘rinlarda qolib ketganini his qilish lozim, ya'ni ligada qolish oson bo‘lmasligi kerak. «Andijon» «Dinamo» bilan o‘yinda ham yutishi mumkin, ligada qolsa ham kerak deb o‘ylayman, eng asosiysi pley-off bahsi o‘tkazilishi shart. Har holda «Neftchi» va «Dinamo» klublari uzoq tarixga ega, sobiq ittifoq davridan buyon to‘p surib kelayotgan jamoalar. Har ikkisi ham zo‘r muxlislarga ega viloyatlar sharafini himoya qilayotgan klublar sanaladi», - deydi Xayrulla Hamidov «Futbol TV»dagi ko‘rsatuvda. 

Avvalroq, PFL va O‘FA Farg‘onadagi tartibsizliklar borasida bayonot berib, surishtiruv ishlari yakuniga yetgach, aybdorlar javobgarlikka tortilishi va klubga nisbatan jazo chorasi e'lon qilinishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid