«Neftçi» çetlatilgan taqdirda, «Andijon» Superligada qoladi, deyişayapti-yu, aslida bunaqa bölmasligi kerak – Pro ligadagi uçinçi jamoa öynaşi kerak. Ya'ni, «Andijon» pley-offda «Dinamo» bilan öynaşi lozim. Baribir «Andijon» ham Superligada sönggi örinlarda qolib ketganini his qiliş lozim, ya'ni ligada qoliş oson bölmasligi kerak. «Andijon» «Dinamo» bilan öyinda ham yutişi mumkin, ligada qolsa ham kerak deb öylayman, eng asosiysi pley-off bahsi ötkazilişi şart. Har holda «Neftçi» va «Dinamo» klublari uzoq tarixga ega, sobiq ittifoq davridan buyon töp surib kelayotgan jamoalar. Har ikkisi ham zör muxlislarga ega viloyatlar şarafini himoya qilayotgan klublar sanaladi», - deydi Xayrulla Hamidov «Futbol TV»dagi körsatuvda. 

Avvalroq, PFL va ÖFA Farğonadagi tartibsizliklar borasida bayonot berib, suriştiruv işlari yakuniga yetgaç, aybdorlar javobgarlikka tortilişi va klubga nisbatan jazo çorasi e'lon qilinişi haqida xabar berilgandi.