Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligi rahbarlarining 61 foizi attestatsiyadan o‘ta olmadi
Joriy yilning noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, natijalar tahlil qilinganda 24 foiz rahbar xodim attestatsiyadan o‘tgani, 15 foizi shartli o‘tgani, 61 foiz rahbarlar attestatsiyadan o‘ta olmagani ma'lum bo‘ldi.
3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e'lon qilib borilishi aytilgan.
Kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste'mol qilgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.03.2026
Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilmaydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
11:08 / 24.01.2026
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
19:21 / 20.11.2025