Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda plastik kartadan 180 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB xodimlari plastik kartadan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlashdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida 27 yoshli Natalya M. saytlardan birida mebel sotishi haqida e'lon joylagan. 7 mart kuni soat 20:00da unga erkak kishi telefon qilib, molni xarid qilmoqchi ekanligini aytgan. To‘lov uchun u qizdan bank kartasining raqami va tasdiqlash kodini so‘ragan.
Ma'lumotlarni olgach, g‘arazgo‘y o‘ziga 180.000.000 so‘m ko‘chirib olgan, deyiladi ma'lumotda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 21 yoshli Javlonbek S. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026