Jamiyat | 10:06 / 07.12.2020
16115
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ayrim avtobuslar yo‘nalishlari maqbullashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida, Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2020 yilning 15 dekabr sanasidan 26, 79, 83, 96, 112, 114, 148, 152, 184, 185-avtobus yo‘nalishlari maqbullashtiriladi.

Jumladan:

26, 83, 114-sonli avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirilmoqda;

79, 112, 152-sonli avtobuslar yo‘nalishi yopilmoqda;

96, 148-sonli avtobuslar yo‘nalishi qisqartirilmoqda;

184, 185-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid