O‘zbekiston | 08:31 / 10.12.2020
9147
1 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston yoga federatsiyasiga rais bo‘ldi

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi. 

Poytaxt hokimi hozirda yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtaldi. «2020-2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligini aytib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid