Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli davlat bo‘lib qolmoqda
Meksikada 2020 yilda ommaviy axborot vositalarining 13 xodimi o‘ldirilgan. Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (IFJ) ma'lumotlariga ko‘ra, Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli davlat bo‘lib qolmoqda.
Foto: Getty Images
“Meksika jurnalistlar uchun eng xavfli davlatlarning 2020 yilgi reytingida 13ta qotillik bilan oxirgi 5 yil ichida 4-marta 1-o‘rinni egalladi”, deb ma'lum qilingan IFJ saytida.
Bu borada 2-o‘rinni 5 nafar jurnalist o‘ldirilgan Pokiston egallamoqda. 3-o‘rinni Afg‘oniston, Hindiston, Iroq va Nigeriya o‘zaro bo‘lishmoqda. Ushbu davlatlarda 2020 yilda 3 nafardan jurnalist o‘ldirilgan.
Shuningdek, 2020 yil davomida Filippin, Somali va Suriyada 2 nafardan jurnalist o‘ldirilgan.
IFJ 2020 yilda umumiy hisobda 42 nafar jurnalist o‘ldirilganini qayd qilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yildagiga nisbatan 7taga kam. Biroq tashkilotning ta'kidlashicha, jurnalistlar o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda hamon tahdidlarga va hayotlari uchun o‘lim xavfiga to‘qnash kelishmoqda.
IFJ ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda 34ta davlatda 235 jurnalist hibsda ushlab turilibdi. Bu ro‘yxatga OAVning garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan xodimlari kiritilmagan. IFJ o‘tkazgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, ba'zi jurnalistlar o‘zlariga hech qanday ayblov bildirilmagan holda qisqa muddatga hibsda ushlab turiladi, bu esa ular tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilmaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, OAV xodimlari ko‘pincha ommaviy noroziliklar ortida ushlanganlar.
Mavzuga oid
14:52
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026
El Menchoga olib borgan «romantik yo‘l» va o‘nlab qurbonlar – narkobaronga qarshi operatsiya tafsilotlari
18:35 / 23.02.2026