Jahon | 08:39 / 11.12.2020
2879
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada mahalliy vaksina sinovlari to‘xtatildi 

Foto: iStock

Avstraliyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan mahalliy vaksina sinovlari bir necha sinaluvchilarda OIV-infeksiyasiga testlar yolg‘on musbat natija bergandan keyin to‘xtatildi. Bu haqda vaksinani ishlab chiqqan Kvinslend universiteti va CSL Limited biotexnologik kompaniyasining qo‘shma bayonotida ma'lum qilingan.

“Vaksinaning ikkinchi va uchinchi bosqich sinovlari davom ettirilmaydi, chunki undagi komponentlardan biriga immun javob OIV-infeksiyaga testlar o‘tkazishda xalaqitlar hosil qilmoqda”, deyilgan xabarda. 

Shu sababli Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison vaksinani ishlab chiqarish bo‘yicha tuzilgan kelishuv bekor qilinganini ma'lum qilgan. Vaksinani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mablag‘lar boshqa ishonchli vaksinalarni sotib olishga yo‘naltiriladi. Avstraliya hukumati bu maqsadda 3,5 mlrd Avstraliya dollari (2,5 mlrd dollar) ajratishni ko‘zda tutgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid