Jahon | 17:20 / 11.12.2020
4120
1 daqiqa o‘qiladi

Ferrari rahbari koronavirus yuqtirganidan so‘ng iste'foga chiqdi

Lui Kamilleri shuningdek, Philip Morris International Inc kompaniyasi direktorlar kengashi raisi lavozimini ham tark etgan. 

Foto: ITALY PHOTO PRESS/ZUMA PRESS

Italiyaning sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi Ferrari NV kompaniyasi bosh ijrochi direktori Lui Kamilleri koronavirus yuqtirib shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng kutilmaganda iste'foga chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

 Kamilleri shuningdek, Ferrari direktorlar kengashi tarkibidan ham chiqib ketgan. 

 Bundan tashqari, u Philip Morris International Inc kompaniyasi direktorlar kengashi raisi lavozimini ham tark etgan. 

 Ferrari va Philip Morris Kamilleri “shaxsiy sabablar” tufayli iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

 Kamilleri Ferrari rahbarligiga 2018 yilda, kompaniya bosh ijrochi direktori Serjio Markionne vafot etganidan so‘ng kelgandi.  

 

Mavzuga oid