Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus haydovchilari yana «poyga uyushtirishdi»
11 dekabr soat 14:50larda 38 va 58-sonli avtobus haydovchilari Shota Rustaveli ko‘chacida poyga uyushtirishdi.
«Toshshahartransxizmat» haydovchilarning shaxsini aniqlagan.
12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan ikki haydovchiga nisbatan yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani va avariya holatini sodir etgani uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan BHMning besh baravari (1 115 000 so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida Toshkentda 72 va 148-avtobuslari poyga uyushtirgani sababli to‘qnashgan, haydovchilar ikkisi ham darhol ishdan bo‘shatilgan, keyinroq ular bir yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan edi.
Mavzuga oid
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:45 / 30.01.2026