"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Yashnobod tumani ma'muriy sudi tomonidan 2020 yil 11 dekabr sanasida mazkur holat ko‘rib chiqildi.
Toshkent shahar Yashnobod tumani ma'muriy sudi 2020 yil 4 dekabr kuni “2-avtobus saroyi” MChJga biriktirilgan 72-yo‘nalishdagi avtobus hamda “5-avtobus saroyi” MChJga biriktirilgan 148-yo‘nalishdagi avtobus haydovchilari tomonidan sodir etilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan huquqbuzarlik ishi yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnoma va to‘plangan hujjatlarni ko‘rib chiqdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128- va 134-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun har ikki haydovchiga nisbatan bir yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.











